Bugun
59
O'zbek

Benzema «Al Hilol»dagi kelajagidan xavotirda — manba

Futbol
23 iyul, 16:17
Karim 2026 yil fevral oyida Riyod safiga qo'shilgan edi.
Benzema «Al Hilol»dagi kelajagidan xavotirda — manba
Фото: Getty Images

«Al Hilol» klubi hujumchisi Karim Benzema yangi mavsum boshlanishi oldidan klub rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Manbaga ko'ra, fransiyalik forvard jamoada o'rni borasida xavotirda. U faqat Osiyo Chempionlar ligasi bahslarida maydonga tushishga rozi emas va barcha turnirlarda ishtirok etishni istamoqda.

Ayni vaqtda «Al Hilol» rahbariyati ham transfer bozorini diqqat bilan kuzatmoqda. Klub zarurat tug'ilsa, Benzema o'rniga boshqa hujumchini jalb qilish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

Eslatib o'tamiz, Karim 2026 yil fevral oyida Riyod safiga qo'shilgan edi. Bu vaqt davomida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Hilal Al-Hilal
Bugungi yangiliklar