Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi hujumchisi Darvin Nunes faoliyatini «Barselona»da davom ettirishga tayyor. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
27 yoshli futbolchi «ko'k-anorranglilar» uchun Xulian Alvares transferi amalga oshmay qolgan taqdirdagi asosiy variantlardan biri sifatida ko'rilmoqda. Shuningdek, uruguaylik hujumchi o'zini Kataloniya grandi uchun nisbatan arzon va foydali transfer bo'la oladi deb hisoblamoqda.
Transfermarkt portaliga ko'ra, «Liverpul» sobiq hujumchisining transfer narxi 20 million yevroga teng. Avvalroq Nunes «qizillar» safiga qaytishga qarshi emasligi ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi