Live
15
O'zbek

"Barselona" de Yongning jarohati bo‘yicha ma'lumot berdi

Futbol
23 iyul, 13:38
Niderlandiyalik futbolchining o‘ng tizzasidagi ichki yon bog‘lamalari uzilgani aniqlandi.
"Barselona" de Yongning jarohati bo‘yicha ma'lumot berdi
Фото: Getty Images

"Barselona" klubi yarimhimoyachi Frenki de Yongning tibbiy ko‘rik xulosalarini e'lon qildi.

Ma'lum qilinishicha, niderlandiyalik 29 yoshli futbolchining o‘ng tizzasidagi ichki yon bog‘lamlari uzilgani aniqlandi.

"Ko‘k-anorranglilar" de Yongning safga qaytish muddati borasida aniq ma'lumot berishmagan. Shuningdek, bu tiklanish jarayonining dinamikasiga bog‘liq bo‘lishini ta'kidlashgan. Frenki davolanishni shifokorlar nazorati ostida davom ettiradi.

Avvalroq de Yong bosh murabbiy Hansi Flik bilan kelishmovchiliklar fonida "Barselona"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar