Live
15
O'zbek

Adeyemi: «Flikning ishonchi «Barselona»ni tanlashimdagi asosiy sabab bo‘ldi»

Futbol
23 iyul, 11:00
Germaniyalik hujumchi yangi klubi oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda bor kuchini berishga tayyorligini aytdi.
Adeyemi: «Flikning ishonchi «Barselona»ni tanlashimdagi asosiy sabab bo‘ldi»
Foto: Getty Images

«Barselona»ning yangi futbolchisi Karim Adeyemi bosh murabbiy Hansi Flik uning transferida hal qiluvchi rol o‘ynaganini ma'lum qildi.

Adeyemi murabbiy bilan bo‘lgan suhbatlar unga katta ishonch berganini ta'kidladi.

«Hansi Flik bu yerga kelishimning asosiy sababidir. Men u bilan ko‘p suhbatlashdim va ilk daqiqalardanoq unga katta ishonch bildirdim», - dedi futbolchi.

Shuningdek, germaniyalik futbolchi jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun bor kuchini ishga solishini aytdi.

«Men klub oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yordam berishga tayyorman», - dedi Karim.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar