Xesus Navas Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamalning JCh-2026dagi ishtiroki haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Yamal jahon futbolida butun bir davrni belgilaydigan futbolchiga aylanadi. U 19 yoshidayoq dunyoning eng yaxshi o‘n nafar futbolchisi qatoridan joy olgan. U yangi Messi bo‘lmaydi. Ammo yaqin orada dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylanishiga ishonaman», — dedi Navas Metaratings.ru nashriga.
JCh-2026da Yamal Ispaniya milliy jamoasi safida 1 ta gol muallifiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya mundial finalida Argentina milliy jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi. Bahsdagi yagona golni qo‘shimcha bo‘limlarda Ferran Torres kiritgandi.