Bugun
59
O'zbek

Lorenzo Kolumbiya milliy jamoasida qoladi

Futbol
23 iyul, 16:27
Argentinalik 60 yoshli mutaxassis Kolumbiyani 2022 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Lorenzo Kolumbiya milliy jamoasida qoladi
Фото: Getty Images

Kolumbiya futbol federatsiyasi milliy jamoa bosh murabbiyi Nestor Lorenzo o'z lavozimida qolishini rasmiy tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, Kolumbiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1/8 finalgacha yetib bordi.

Argentinalik 60 yoshli mutaxassis Kolumbiyani 2022 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 2024 yilgi Amerika Kubogida finalgacha yetib borib, kumush medallarni qo'lga kiritgan.

Shuningdek, Kolumbiya 2022–2024 yillar davomida qariyb ikki yil mobaynida birorta ham uchrashuvda mag'lubiyatga uchramadi.

Federatsiya rahbariyati aynan shu natijalar va jamoaning barqaror o'yinini inobatga olib, Nestor bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kolumbiya Kolumbiya
Bugungi yangiliklar