Live
4
O'zbek

Vudman «Liverpul» bilan yangi shartnoma imzoladi

Futbol
23 iyul, 15:31
28 yoshli kiper mersisaydliklar safida 2029 yilning yoziga qadar faoliyat olib boradi.
Vudman «Liverpul» bilan yangi shartnoma imzoladi
Фото: Liverpool FC

«Liverpul» klubi darvozabon Freddi Vudman bilan tuzilgan shartnomani uzaytirganini rasmiy e'lon qildi.

Yangi kelishuvga ko'ra, 28 yoshli kiper mersisaydliklar safida 2029 yilning yoziga qadar faoliyat olib boradi.

Vudman jamoada uchinchi raqamli darvozabon hisoblanadi. Shunga qaramay, klub rahbariyati u bilan kelishuv muddatini uzaytirishga qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, Freddi o'tgan yozda «Preston»ni erkin agent sifatida tark etib, «qizillar» safiga qo'shilgan edi. Bu vaqt davomida u barcha turnirlar doirasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar