Bugun
1
O'zbek

«Liverpul» Barkolya uchun 100 mln yevrolik taklif tayyorlamoqda

Futbol
20 iyul, 01:50
«Qizillar» fransuz futbolchisini o'z safiga qo'shib olishni jiddiy maqsad qilgan.
«Liverpul» Barkolya uchun 100 mln yevrolik taklif tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

«Liverpul» «PSJ» vingeri Bredli Barkolyani o'z safiga qo'shib olishni jiddiy maqsad qilgan. Bu haqda jurnalist Sebastien Vidal xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, «qizillar» fransuz futbolchini qo'lga kiritish bo'yicha faol ish boshlagan. Ayni vaqtda mersisaydliklar 23 yoshli vinger uchun taxminan 100 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, Angliya grandi Barkolyani yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi sifatida belgilagan. Bredlining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi esa 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Avvalroq «Liverpul» Zabarnıy bo'yicha taklif tayyorlayotgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar