Bugun
30
O'zbek

Martines: «Orzuimiz ushalmadi, ammo Argentina bilan faxrlanaman»

Futbol
20 iyul, 16:11
Argentina finalda Ispaniyaga mag'lub bo'ldi.
Martines: «Orzuimiz ushalmadi, ammo Argentina bilan faxrlanaman»
Фото: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lautaro Martines 2026 yildagi jahon chempionati finalidan so'ng muxlislarga murojaat qildi.

«Qo'limizdan kelganicha harakat qildik. Ketma-ket ikkinchi jahon chempionati finaliga chiqdik, ammo bu safar orzuimiz ushalmadi. Men argentinalik ekanimdan juda faxrlanaman. Finalda jamoamga yordam berishni juda istagandim, ammo taqdir shu ekan.

Biz bilan birga bo'lish uchun minglab kilometrlarni bosib o'tib, musobaqa davomida qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga, shuningdek, mamlakatimizning turli burchaklaridan bizga ishonch bildirgan har bir insonga katta rahmat», — deb yozdi Martines ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi finalda Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etib, o'z tarixida ikkinchi marta jahon chempionligini qo'lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar