Bu haqda OneFootball nashri xabar berdi.
Argentinalik futbolchilar Lionel Messi va Rodrigo De Paul jahon chempionati-2026 finalidan so‘ng milliy jamoa delegatsiyasi bilan mamlakatga qaytib uchmagan.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, bunga har ikki o‘yinchi AQSHning «Inter Mayami» klubi sharafini himoya qilishi sabab bo‘lgan. Sportchilar klublarining asosiy qarorgohi bo‘lgan shaharda qolishni ma’qul ko‘rgan. Ta’kidlanishicha, Buenos-Ayresga charter reysi bilan jamoaning ma’lum qismigina qaytadi. Argentina poytaxtida JCH kumush medallari egalari sharafiga tadbir uyushtirilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, JCH finalida Argentina qo‘shimcha bo‘limlarda Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ispanlar uchun bu mundiallar tarixidagi ikkinchi chempionlik hisoblanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi