Live
3
O'zbek

Shavkat Saidov – "Metallurg" bosh direktori

Futbol
21 iyul, 06:53
Avvalroq Ulug'bek Mirzayev vazifasidan ozod etilgandi.
Shavkat Saidov – "Metallurg" bosh direktori
Фото: Металлург ПФК

Bekobodning "Metallurg" klubi rahbariyatida o'zgarish yuz berdi. Shu kungacha jamoa bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Ulug'bek Mirzayev o'rniga Shavkat Saidov ish boshladi.

Saidov uzoq yillar davomida "Metallurg" bosh direktori lavozimida ishlab kelgan. 2024 yil yakunida jamoa tarqatilib yuborilganidan so'ng o'z vazifasidan ozod etilgandi. Keyinchalik "Bunyodkor" akademiyasi rahbarligida ishlab kelayotgan edi.

Superligaga qaytishni maqsad qilgan "Metallurg" bosh direktor lavozimiga yana Saidovni qaytarishga qaror qildi.

Ma'lumot uchun, "ma'danchilar" Proliga turnir jadvalida 9 ta turdan so'ng 18 ochko bilan 4-pog'onada bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Metallurg Metallurg
  • Pro Liga Pro Liga
Bugungi yangiliklar