Proliga 21-tur uchrashuvlariga start berildi. «Sho‘rtan» (45, 2-o‘rin) o‘z maydonida «QMU Jayhun»ga (24, 9-o‘rin) qarshi bellashib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
«Olimpik-MobiUz» (32, 7-o‘rin) esa FarDU (40, 4-o‘rin) bilan bellashdi. Gol shousiga aylangan bahsda 2:2 hisobi qayd etildi. «Lochin» (35, 5-o‘rin) mehmonda BuxDU (10, 12-o‘rin) darvozasiga 6 ta gol urdi. Bahodir Halilov va Muhammadali Mavlonov dublni rasmiylashtirdi.
Proliga. 21-tur
Sho‘rtan – QMU Jayhun 3:1
Gollar: Nodirbek Mukarov, 14 (1:0), Javohir Abdulalimov, 28 (2:0), Samandar O‘rinboev, 67 (3:0), Yunus Ibragimov, 81 (3:1)
Olimpik-MobiUz – FarDU 2:2
Gollar: Boburbek Farhodov, 33 (0:1), Zayniddin Hamraboev, 48 (1:1), Bobur Farhodov, 68 (1:2), Meyirbek Rejabaliev, 90+4 (2:2)
BuxDU – Lochin 2:6
Gollar: Bahodir Halilov, 11 (0:1), Muhammadali Mavlonov, 29 (0:2), Muhammadali Mavlonov, 32 (0:3), Bahodir Halilov, 33 (0:4), Ahror Murodov, 50 (1:4), Akobir To‘raev, 55 penalti (2:4), Asadbek Samariddinov, 64 (2:5), Mirjalol Norqobilov, 66 avtogol (2:6).