Live
1
O'zbek

Modrich Ronaldu va Portugaliya milliy jamoasi murabbiyi o‘rtasidagi holat haqida: «Sharmandagarchilik»

Futbol
7 oktabr, 09:41
    5
Xorvatiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi portugaliyalik hujumchi atrofidagi vaziyatga munosabat bildirdi.
Modrich Ronaldu va Portugaliya milliy jamoasi murabbiyi o‘rtasidagi holat haqida: «Sharmandagarchilik»
Foto: Gettyimages

Xorvatiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu atrofidagi vaziyat haqida fikrlarini bildirib o‘tdi. Bir kun avval, 6-oktyabr kuni Ronaldu bayonot berib, unda milliy jamoadagi voqealar haqida so‘zlab berdi.

Bir necha kun avval Krishtianu bosh murabbiy Jorje Jezush bilan bo‘lgan mojarodan so‘ng, Portugaliya milliy jamoasi qarorgohini tark etgandi.

«Bo‘layotgan ishlar sharmandagarchilik. Krishtianu hozirgi vaziyatda haqiqiy qarorga loyiq, xoh u [milliy jamoadagi faoliyatini] davom ettirsin, xoh munosib xayrlashsin. U katta vidolashuvga loyiq futbolchi. U Portugaliya milliy jamoasining eng buyuk o‘yinchisi», - deya Modrichning so‘zlaridan iqtibos keltiradi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Madrid Xtra keltirmoqda.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar