Live
1
O'zbek

David Silva 40 yoshida futbolchilik faoliyatini tikladi

Futbol
7 oktabr, 10:22
    2
David 2023-yilning yozida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
David Silva 40 yoshida futbolchilik faoliyatini tikladi
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» va Ispaniya milliy jamoasining sobiq yarim himoyachisi David Silva uch yillik tanaffusdan so‘ng professional futbolga qaytishga qaror qildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 40 yoshli futbolchi Gonkong chempionatida ishtirok etadigan «Supreme Sha Tin» klubi bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi.

Manbaga ko‘ra, Silva yangi jamoasiga qo‘shilayotganidan mamnun ekanini bildirgan va Gonkongdagi futbol, madaniyat hamda mahalliy hayot bilan yaqindan tanishishni intiqlik bilan kutayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, David 2023-yilning yozida «Real Sosyedad» safida olgan jiddiy tizza jarohatidan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. Endi u uch yildan ortiq tanaffusdan keyin yana maydonga qaytadi.

Futbolchi o‘zining yorqin faoliyatini «Manchester Siti»da o‘tkazib, klub safida barcha turnirlar doirasida jami 436 ta uchrashuvda 77 ta gol urgan va 136 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U klub bilan to‘rt marta Premyer-liga chempioni bo‘lgan, Ispaniya milliy jamoasi safida esa 125 ta uchrashuv o‘tkazib, jahon chempionati va ikki marta Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar