Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchi Lionel Messining Argentina milliy jamoasidagi xayrlashuv o‘yiniga munosabat bildirdi.
«Pekindagi oltindan tortib, har qadamda «albiseleste» bilan tarix yaratuvchi unutilmas martabagacha Tabriklaymiz, Leo. Sen Argentina milliy jamoasi libosini yanada mashhur qilishda davom etyapsan!», - deyiladi «ko‘k-anorranglilar» matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi «Barselona» klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2005-yildan 2021-yilgacha kataloniyaliklar safida to‘p tepgan.
Ma’lumot uchun, Lionelning xayrlashuv o‘yinida Argentina milliy jamoasi Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. 39 yoshli hujumchi ushbu bahsda bitta gol urdi va sheriklariga ikkita golli uzatma yetkazib berishni uddaladi.