«Manchester Siti» jamoasining sobiq himoyachisi, hozirda «Byornli» sharafini himoya qilib kelayotgan Kayl Uoker «shaharliklar»ga oid ish yuzasidan izoh berdi. Klub moliyaviy qonunbuzarliklar uchun jiddiy jazo olishi mumkin.
«Bizga barcha sovrinlarni munosib va halol qo‘lga kiritgan jamoa sifatida munosabatda bo‘lishlarini xohlayman. Bu oson bo‘lmadi, buning uchun ko‘p harakat qildik. Men nafaqat o‘yinchilar, balki muxlislar haqida ham gapiryapman. Ular bu g‘alabalarga munosib», - deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Talksport.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mustaqil komissiya «Manchester Siti»ni Angliya Premer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topgani e’lon qilingan edi. Klubga qanday jazo berilishi hozircha ma’lum emas.