Xorvatiya milliy jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Lionel Messining Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida fikr bildirdi.
Xorvatiyalik futbolchi Messiga qarshi o‘ynash qiyin bo‘lganini, biroq uning o‘yinini tomosha qilish katta zavq bag‘ishlaganini aytdi.
«Unga qarshi o‘ynash katta zavq edi, garchi Xorvatiya milliy jamoasi va «Real» safida undan ancha aziyat chekkan bo‘lsam ham. Uning o‘yinini tomosha qilish haqiqiy zavq. U haqiqatan ham noyob futbolchi. Unga omad tilayman», — dedi Modrich.
Eslatib o‘tamiz, Leo Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi. Futbolchi Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tgan Beninga qarshi bahsda xayrlashdi. Messi uchta golning barchasida ishtirok etib, ikkita golli uzatma berdi va penaltidan gol urdi.
Ma’lumot uchun, Lionel Argentina milliy jamoasi safida 2005-yildan buyon to‘p tepib kelgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi