Live
1
O'zbek

Artetaning «Arsenal»dagi maoshi ma'lum qilindi

Futbol
7 oktabr, 09:35
    2
Murabbiy jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi.
Artetaning «Arsenal»dagi maoshi ma'lum qilindi
Фото: Getty Images

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta klub bilan yangi shartnoma imzolagandan so‘ng Angliya Premyer-ligasida eng ko‘p maosh oladigan murabbiyga aylandi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik 44 yoshli mutaxassisning yangi kelishuvi to‘rt yilga mo‘ljallangan. Ya'ni, 2030-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Arteta yangi shartnoma bo‘yicha yiliga taxminan 20 million funt maosh oladi. Turli bonuslar hisobga olinsa, uning bir yillik daromadi 25 million funtgacha yetishi mumkin. Avvalgi kelishuv bo‘yicha esa murabbiyga taxminan 12 million funt va yana 3 million funt miqdorida bonuslar ko‘zda tutilgan edi.

Ma'lumot uchun, Mikel «to‘pchilar»ni 2019-yil dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. U o‘tgan mavsum londonliklarni 22 yillik tanaffusdan so‘ng yana Angliya chempionligiga olib chiqdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar