Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Martin Ødegaard sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Angliya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
«Jamoani oldinga boshlamoqda. Martin Ødegaard sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi», — deyiladi «Arsenal»ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy xabarlarida.
Ødegaard jamoa muxlislari tomonidan berilgan ovozlarning 65 foizini to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Sovrin yo‘lida u David Raya, Bruno Guimarães va Ezri Konsalarni ortda qoldirdi.
Norvegiyalik 27 yoshli futbolchi sentabr oyida «Arsenal» safida barcha turnirlar doirasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, «to‘pchilar» Angliya Premyer-ligasida 12 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.