«Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skott Yevropaning bir qator top-klublari e’tiborida bo‘lib turibdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Jurnalistning ta’kidlashicha, 23 yoshli ingliz futbolchisi uchun kurashda Madridning «Real», «Liverpul», «Arsenal», «Chelsi» va «Milan» jamoalari bahslashadi. «Qaymoqranglilar» skautlari futbolchining o‘yinini uch martadan ortiq jonli tomosha qilgani ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yarimhimoyachining transfer narxi 50 million yevroga baholanmoqda. Skottning «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, Angliya Premer-ligasining yangi mavsumida Aleks beshta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.