Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Madridning «Real» jamoasi fransiyalik yarimhimoyachisi Eduardo Kamavingani to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Diario AS nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassis futbolchidagi jismoniy va texnik ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos uyg‘unligini ta’kidlaydi.
Manba, shuningdek, «Stad de Frans»da bo‘lib o‘tgan UYEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining 4-turi doirasidagi Belgiya milliy jamoasiga qarshi o‘yinda (4:1) Kamavinganing statistikasini ham keltirib o‘tdi. Yarimhimoyachining to‘p uzatish aniqligi 94 foizni tashkil etdi: u raqib maydonining yarmida 42 ta pasdan 41 tasini aniq amalga oshirdi. Bundan tashqari, futbolchi besh bor to‘pni jamoasiga qaytargan va oltita yakkakurashda ustunlikka ega bo‘lgan.