Bugun
10
O'zbek

Modrich: «Real»ga qaytib, foyda keltirishni xohlayman»

Futbol
7 oktabr, 01:00
    10
41 yoshli yarimhimoyachi futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Madrid klubida boshqa lavozimda ishlamoqchi.
Modrich: «Real»ga qaytib, foyda keltirishni xohlayman»
Foto: Getty Images

«Milan» va Xorvatiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich faoliyatini yakunlagach, «Real»ga qaytish istagini yana bir bor ma’lum qildi.

«Men «Real»ga qaytishni istardim, ammo foyda keltirishni xohlayman — «Real» uchun ishlashni, «Real»da ishlashni emas. Buning amalga oshishi uchun ko‘p narsa o‘z o‘rniga tushishi kerak», — dedi xorvatiyalik futbolchi Madrid Universal nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Modrich 2012-yildan 2025-yilgacha «Real» sharafini himoya qilgan. U Madrid klubi safida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Ma'lumot uchun, ayni paytda 41 yoshli futbolchining «Milan» bilan shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi. Modrich kelasi yili faoliyatini yakunlash yoki davom ettirish borasida hali bir qarorga kelmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Milan Milan
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar