Bugun
10
O'zbek

Messi: «Argentina milliy jamoasida o‘ynash — eng yaxshi voqelik»

Futbol
7 oktabr, 00:15
    10
39 yoshli hujumchi Beninga qarshi bahsdan so‘ng muxlislarga murojaat qilib, milliy jamoadagi faoliyati haqida gapirdi.
Messi: «Argentina milliy jamoasida o‘ynash — eng yaxshi voqelik»
Foto: Getty Images
06.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Argentina Argentina 3 : 0 Benin Benin

«Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi Argentina milliy jamoasidagi so‘nggi bahsini Beninga qarshi o‘tkazdi. Buenos-Ayresdagi «Monumental» stadionida kechgan bahsda argentinaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Messi penaltidan gol urib, yana ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Bahsdan so‘ng Messi muxlislar qarshisida so‘nggi bor nutq so‘zladi.

«Bugun biror narsa deyish qiyin, meni his-tuyg‘ularim qamrab olgan, xayolimda juda ko‘p fikrlar bor. Men o‘ylayotgan birinchi inson — otam. Qila oladigan yagona ishim — avval xayrlashuv maktubimda qilganimdek, minnatdorchilik bildirish», — dedi argentinalik futbolchi.

«Bu futbolkani 20 yildan ortiq vaqt davomida kiyish men uchun katta faxr bo‘ldi. Hatto eng og‘ir paytlarda ham kurashishni to‘xtatmadim, bor kuchimni berdim va doimo safda bo‘ldim. Jamoa bilan xayrlashish menga qattiq og‘riq beradi. Qasam ichaman, butun umrim davomida bu yerga kelishni istardim. Chunki Argentina milliy jamoasida o‘ynash — men bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi voqelik», — deya Messi so‘zlarini keltiradi TyC Sports.

Ma'lumot uchun, Messi Argentina milliy jamoasi safida 208 ta bahsda 126 ta gol va 70 ta golli uzatmani qayd etdi. U jamoa bilan 2022-yilgi jahon chempionati, ikki marta Amerika kubogi hamda 2022-yilgi Finalissimada g‘olib bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Benin Benin
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar