Bugun
10
O'zbek

Messi faoliyatidagi 932-golini urdi, Ronalduda esa 979 ta gol mavjud

Futbol
6 oktabr, 23:30
    24
Argentinalik hujumchi xayrlashuv bahsida penaltini aniq amalga oshirib, faoliyatidagi gollar sonini 932 taga yetkazdi.
Messi faoliyatidagi 932-golini urdi, Ronalduda esa 979 ta gol mavjud
Foto: Getty Images
06.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Argentina Argentina 3 : 0 Benin Benin

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi Argentina milliy jamoasining Beninga qarshi o‘rtoqlik bahsida gol urdi. Buenos-Ayresdagi «Monumental» stadionida o‘tgan bellashuvda argentinaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Messi 71-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, jamoasining uchinchi golini urdi. Bu 39 yoshli futbolchining klublar va milliy jamoa safidagi faoliyatida 932-goli bo‘ldi. U mazkur natijaga 1178 ta bahsda erishgan.

Uchrashuv davomida Messi yana ikki bor jamoadoshlariga golli uzatma berdi. Hujumchi Nikolas Otamendi va yarimhimoyachi Niko Pasning gollariga assistentlik qildi.

Ma’lumot uchun, Messi faoliyatidagi 932 ta gol bilan birga 1178 ta bahsda maydonga tushgan. Uning uzoq yillik raqibi Krishtianu Ronaldu esa 1338 ta bahsda 979 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2026-yilgi jahon chempionatidan so‘ng Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Beninga qarshi bahs uning milliy jamoadagi so‘nggi o‘yini bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Benin Benin
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

24 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar