Bugun
10
O'zbek

Messi Argentina milliy jamoasi safida 46 ta jamoa darvozasini ishg‘ol qilgan

Futbol
6 oktabr, 23:15
39 yoshli hujumchi milliy jamoadagi so‘nggi bahsida ham gol urib, faoliyatidagi yana bir statistik natijani qayd etdi.
Messi Argentina milliy jamoasi safida 46 ta jamoa darvozasini ishg‘ol qilgan
Foto: Getty Images
06.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Argentina Argentina 3 : 0 Benin Benin

Lionel Messi Argentina milliy jamoasi safidagi so‘nggi bahsini Benin bilan o‘tkazdi. Buenos-Ayresdagi «Monumental Antonio Vespuchchi Liberti» stadionida kechgan bellashuvda argentinaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Messi 71-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining uchinchi golini urdi. Shu tariqa hujumchi faoliyati davomida 46 ta turli milliy jamoa darvozasini ishg‘ol qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Messi eng ko‘p Yevropa vakillariga qarshi gol urgan — 14 ta jamoa. Shuningdek, u KONKAKAFning 10 ta, KONMEBOLning 9 ta, Afrika qit’asining 7 ta va Osiyoning 6 ta jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan.

Messi Argentina milliy jamoasidagi debyutini 2005 yil avgust oyida Vengriyaga qarshi o‘tkazgan. U milliy jamoa safida jami 208 ta bahsda 126 ta gol va 70 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Argentina Benin ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. Gollarga Nikolas Otamendi, Aleksis Pas va Lionel Messi mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Benin Benin
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar