Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellinghem Millatlar ligasining 4-turida Chexiyaga qarshi kechgan bahsdan so‘ng Harri Keyn haqida fikr bildirdi. Angliya 3:0 hisobida g‘alaba qozongan bahsda Keyn dubl qayd etdi.
«Menimcha, u haqida avval aytilgan gaplarga ko‘p narsa qo‘shish qiyin. Men uchun u, avvalo, sardor va inson sifatida ajoyib shaxs.
U Angliya milliy jamoasi tarixida ushbu futbolkani kiygan eng yaxshi futbolchi. U bilan birga o‘ynash men uchun katta sharaf. Unga yetishish deyarli imkonsiz. U gollarni ajoyib yengillik bilan uradi, chuqurroq pozitsiyaga tushadi, to‘p uchun kurashadi. U faqat yaxshilanib bormoqda», — dedi Bellinghem BBC nashriga.
Ma’lumot uchun, Keyn Chexiyaga qarshi bahsda 40 va 57-daqiqalarda gol urdi. Ushbu gollar evaziga u Angliya milliy jamoasi safidagi gollari sonini 91 taga yetkazdi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi