Bugun
49
O'zbek

Riko Lyuis Angliya milliy jamoasiga chaqirildi

Futbol
5 oktabr, 05:20
Himoyachi jarohat olgan Niko O’Raylining o‘rnini egallaydi.
Riko Lyuis Angliya milliy jamoasiga chaqirildi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» va Angliya U-21 milliy jamoasi himoyachisi Riko Lyuis Niko O’Rayli jarohat olib safdan chiqqani sabab asosiy milliy jamoaga chaqirildi.

«Shaharliklar» a’zosi Angliya milliy jamoasi ixtiyoriga allaqachon yetib kelgan. U Millatlar Ligasining 4-turi doirasidagi Chexiya milliy jamoasiga qarshi bahs oldidan jamoa safiga qo‘shildi.

Qayd etish lozim, 21 yoshli futbolchi bir necha kun avval Angliya U-21 milliy jamoasiga Yevro-2027 final bosqichiga chiqishda yordam berdi. Asosiy milliy jamoada Lyuis jarohat olgan jamoadoshi Niko O’Raylining o‘rnini egallaydi. Shu tariqa, Riko 2024-yil noyabr oyidan buyon birinchi marta asosiy milliy jamoaga chaqiruv oldi.

Ma’lumot o‘rnida, «uch sherlar» ertaga, 5-oktabr kuni Chexiya milliy jamoasi bilan bahs olib boradi. Ushbu qarama-qarshilik Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
Bugungi yangiliklar