Hozirda erkin agent maqomida bo‘lgan Dele Alli sobiq jamoadoshlariga qo‘ng‘iroq qildi. 30 yoshli angliyalik futbolchi Harry Kane bilan suhbatda «Oltin to‘p» sovrini aynan unga topshirilishi kerakligini aytdi.
«Hozir Twitch’da strim qilyapman. Tomoshabinlardan kimga qo‘ng‘iroq qilishimni so‘radim va sen haqingda eng ko‘p yozishdi.
Ular «Oltin to‘p» haqida yozishyapti. Men esa ularga sovrin faqat bir kishiga — boshqa hech kimga emas, aynan unga topshirilishi kerakligini aytyapman.
O‘zim esa hozircha Londonda yuribman. Bir qancha rejalarim bor, ammo strimdan tashqarida aytib beraman. Har doimgidek qattiq ishlayapman va bundan zavq olyapman», — dedi Dele Harry bilan o‘zaro suhbatida.
Bungacha «Tottenham», «Everton», «Beşiktaş» va «Como» klublarida to‘p tepgan Alli o‘tgan yil sentabr oyidan buyon jamoasiz qolmoqda. U strim davomida Jack Grealish, Riyad Mahrez, Ashley Cole va James Maddison bilan ham suhbatlashdi.
Qayd etish lozim, «Oltin to‘p» sovrinini topshirish marosimi 26-oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.