Bugun
24
O'zbek

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi

Eksklyuziv
4 oktabr, 03:50
    21
Aichi-Nagoya mezbonligida o‘tkazilgan XX Osiyo o‘yinlari yakuniga yetdi.
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi
Foto: Olympic.uz

Yaponiya mezbonligida 19-sentyabrdan 4-oktyabrgacha davom etgan qit’a birinchiligida O‘zbekiston munosib ishtirok etdi. Mamlakatimiz delegatsiyasi umumjamoa hisobida 5-pog‘onani band etdi. Musobaqa davomida hamyurtlarimiz 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza — umumiy 70 ta medallarni qo‘lga kiritishdi.

Umumjamoa hisobida yetakchilik kutilganidek, Xitoy Xalq Respublikasiga nasib qildi — 341 ta medal. Ikkinchi o‘rinni Yaponiya band etgan bo‘lsa (269 ta medal), kuchli uchlikni Janubiy Koreya delegatsiyasi yakunlab berdi (150 ta medal). Hindiston jamoasi musobaqaning oxirgi kunida qo‘lga kiritgan oltin va kumush medallari hisobiga umumiy jadvalda O‘zbekistonni ortda qoldirib, 4-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

Yurtimizga oltin medallardan birini keltirgan og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangilaganini e’tirof etish zarur.

Eslatib o‘tamiz, Xanchjouda 2023-yilda o‘tgan avvalgi Osiyo o‘yinlari musobaqasida O‘zbekiston delegatsiyasi 71 ta medal: 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etgandi.

Foto: results.asiangames2026.org
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

21 izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar