Bugun
24
O'zbek

Klopp: «Murabbiylik ishini sog‘inganim yo‘q»

Futbol
4 oktabr, 02:38
    1
Tajribali murabbiy qilayotgan ishini hali ham yaxshi ko‘rishini anglab yetganini ta’kidladi.
Klopp: «Murabbiylik ishini sog‘inganim yo‘q»
Foto: Gettyimages

Nemis mutaxassisi ikki yildan ortiq vaqt-— 2024-yilning o‘rtalarida «Liverpul»ni tark etganidan beri murabbiylikdan chetda qolayotgan edi. Shu yilning avgust oyida 59 yoshli murabbiy Yulian Nagelsmann o‘rniga Germaniya milliy jamoasi boshqaruvini qo‘liga oldi.

Murabbiylik ishini sog‘indingizmi?
Men hech narsani sog‘inganim yo‘q, lekin qilayotgan ishimni hali ham yaxshi ko‘rishimni angladim. Bunday futbolchilar bilan ishlash — ulkan zavq, chinakam quvonch. Biz birgalikdagi yo‘limizni endigina boshladik va men vaqt o‘tgani sayin ko‘zga tashlanadigan natijani intiqlik bilan kutyapman, – dedi Klopp Millatlar ligasi doirasida Gretsiyaga qarshi o‘tkaziladigan o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, ingliz klubidan ketgach, Yurgen-Klopp-2025-yil boshidan buyon Red Bull kompaniyasining futbol bo‘limida xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar