Bugun
24
O'zbek

Fernandesh Portugaliya milliy jamoa murabbiyi Jezush haqida fikrlarini bildirdi

Futbol
4 oktabr, 03:23
    16
Yarimhimoyachi jamoaning yangi bosh murabbiy Jorje Jezushni yaxshi bilishi haqida ta’kidlab o‘tdi.
Fernandesh Portugaliya milliy jamoa murabbiyi Jezush haqida fikrlarini bildirdi
Foto: Gettyimages
04.10.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Portugaliya Portugaliya - : - Norvegiya Norvegiya

Portugaliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Bruno Fernandesh jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush haqidagi savollarga javob berdi.

72 yoshli mutaxassis ushbu lavozimni jahon chempionatidan so‘ng, Roberto Martines vazifasidan ozod etilgach, egallagan edi. Yaqinda portugaliyaliklarning yangi ustozi tanqidga uchradi: Krishtianu Ronaldu tarafdorlari uni futbolchiga nisbatan hurmatsizlikda ayblashdi. Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli hujumchi murabbiy bilan kelishmovchilik tufayli jamoa qarorgohini tark etgan edi.

«Jezush bilan avval ham ishlaganman - aynan u Portugaliyada katta sahnaga chiqishimga yordam bergan. Uning qanchalik talabchanligini bilaman. Uning menga nisbatan ba’zi e’tirozlarini mutlaqo asosli deb hisoblayman, ba’zilarini esa kamroq darajada, ammo bularning barchasi bizning mahoratimizga bo‘lgan ishonchidan kelib chiqadi. Uning avvalgi o‘yin tanaffusidagi gaplari menga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, shuning uchun men buni pozitiv qabul qilyapman», - deya «Manchester Yunayted» sardorining fikrlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.

Foto: Gettyimages

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da Millatlar ligasi doirasida Portugaliya va Norvegiya milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Norvegiya Norvegiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

16 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar