Live
1
O'zbek

Ronaldu atrofidagi mojarodan so‘ng Portugaliya MJ akkauntidan 2 milliondan ortiq obunachi chiqib ketdi

Futbol
3 oktabr, 14:57
    132
Bu kelishmovchiliklardan oldin esa jamoa akkauntiga 25 milliondan ortiq kishi obuna bo‘lgan.
Ronaldu atrofidagi mojarodan so‘ng Portugaliya MJ akkauntidan 2 milliondan ortiq obunachi chiqib ketdi
Фото: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasining rasmiy akkauntidagi obunachilar soni hujumchi Krishtianu Ronaldu atrofidagi vaziyat sabab 2 milliondan ziyodga kamaydi.

Avvalroq 41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan kelishmovchilik tufayli jamoani tark etgandi.

3 oktabr holatiga ko‘ra, Portugaliya milliy jamoasining rasmiy akkauntida 22,9 million obunachi qolgan. Ronaldu va Jezush o‘rtasidagi kelishmovchilikdan oldin esa jamoa akkauntiga 25 milliondan ortiq kishi obuna bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu ishtirok etmagan ilk uchrashuvda Portugaliya milliy jamoasi safarda Daniyani 4:2 hisobida mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, Jezush boshqaruvida portugaliyaliklar ortda qolgan 3 ta bahsda g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan o‘z guruhida yetakchilikni davom ettirmoqda. Ular 4 oktabr kuni o‘z maydonida Norvegiyaga qarshi bellashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

132 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar