«Manchester Yunayted» hujumchisi Benjamin Sheshko «Yuventus» qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turinliklar sloveniyalik 23 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda. Futbolchi bu mavsumda «qizil iblislar»ning asosiy tarkibidan joy olishda muammolarga duch kelmoqda.
Agar Sheshko bilan vaziyat o‘zgarmasa, «zebralar» kelasi yil yozida hujumchini tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.
O‘z navbatida, «Manchester Yunayted» ham Benjamin bilan xayrlashish haqida o‘ylamayapti.
Sheshko bu mavsumda jamoa safida 6 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 75 million yevro deb baholamoqda.
Ma’lumot uchun, futbolchi 2025-yilda «Leypsig»dan ingliz klubi safiga kelib qo‘shilgan. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2030-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Avvalroq «Yuventus» sakkiz nafar futbolchini sotib olishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.