Live
1
O'zbek

«MYU» Lyuk Shouga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

Futbol
3 oktabr, 05:30
Mankunianliklar himoyachi bilan hamkorlikni davom ettirish variantini ko‘rib chiqmoqda.
«MYU» Lyuk Shouga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» himoyachi Lyuk Shouga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» yanvar oyida 31 yoshli futbolchiga yangi kelishuv taklif qilishi mumkin. Shouning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Shuningdek, «Manchester Yunayted» himoyaning chap qanotida Shouga raqobat qila oladigan va zarur holatlarda uning o‘rnini bosa oladigan futbolchini ham izlamoqda. Shu tariqa klub ushbu pozitsiyada tarkib chuqurligini oshirishni maqsad qilgan.

Lyuk Shou 2014-yildan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqt davomida mankunianliklar safida 329 ta bahsda maydonga tushgan.

Angliyalik himoyachi «Manchester Yunayted» bilan Angliya Liga kubogi, Angliya Superkubogi va UEFA Yevropa ligasida g‘olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar