Live
1
O'zbek

Fred: «Ten Hag Ronaldo, Kazemiro, Rashford bilan tortishardi. Ammo taktika borasida eng zo‘rlaridan biri edi»

Futbol
2 oktabr, 17:45
    9
«MYU» sobiq yarimhimoyachisi niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘ynagan davrlarini esladi.
Fred: «Ten Hag Ronaldo, Kazemiro, Rashford bilan tortishardi. Ammo taktika borasida eng zo‘rlaridan biri edi»
Foto: Getty Images

Fred «Manchester Yunayted»da Erik ten Hag qo‘l ostida ishlagan davrini esladi.

«Ten Hag taktika borasida juda kuchli mutaxassis edi, ammo jamoa bilan munosabatlarda o‘zini mutlaqo ahmoqdek tutardi. U hamma bilan tortishardi: men bilan, Ronaldo bilan, Kazemiro bilan, Reshford bilan... U meni maydonga tushirmasdi va bu ba’zida kuchli stressga olib kelardi.

Faqat uning niderlandiyalik futbolchilari o‘ynardi. Murabbiyning o‘z guruhi bor edi. Ammo taktika nuqtayi nazaridan u men ishlagan murabbiylar orasida eng kuchlilaridan biri edi.

U jamoa ko‘p harakat qilishi va yugurishini xohlardi, ammo Krishtianu allaqachon yosh emasdi. U Krishtianuni tarkibdan chiqarib qo‘ydi va shundan keyin jamoada kelishmovchiliklar boshlandi»,
— dedi «Manchester Yunayted» sobiq yarimhimoyachisi Charla Podcast podkastida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar