Live
3
O'zbek

«MYu» Raum transferidan voz kechmagan

Futbol
2 oktabr, 06:41
Uning «buqalar» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.
«MYu» Raum transferidan voz kechmagan
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi «Leypsig»ning chap qanot himoyachisi David Raumga qiziqishini qayta tiklamoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik 28 yoshli futbolchining o‘zi ham «qizil iblislar» safiga o‘tish istagida.

Qayd etilishicha, Raum transferi uchun kurashda «Manchester Yunayted»ning asosiy raqobatchisi «Yuventus» hisoblanadi. «Leypsig» himoyachi bo‘yicha muzokaralarni kamida 35 million yevrolik taklif tushgan taqdirdagina boshlashi mumkin.

Raum bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning «buqalar» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Davidning bozor qiymati 25 mln yevroni tashkil etmoqda.

Avvalroq «Manchester Yunayted» klubi «Bayer»ning chap qanot himoyachisi Migel Gutyerresga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar