«Barselona» ingliz grandi «Manchester Siti»ning qanot himoyachisi Yoshko Gvardiol xizmatlariga qiziqish bildirgan edi.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, 2025-yil oxirida kataloniyaliklar Gvardiolni sotib olmoqchi bo‘lgan, chunki uni himoyani kuchaytirish uchun ideal nomzod deb hisoblagan. Biroq, transfer amalga oshmadi, sababi «Manchester Siti» muhim o‘yinchilaridan birini sotishni istamadi va himoyachining o‘zi ham jamoadan ketishga oshiqmadi.
Eslatib o‘tamiz, yozda Gvardiol «shaharliklar» bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdi.
Ma’lumot uchun, yangi mavsumda 24 yoshli himoyachi barcha musobaqalarni inobatga olganda yettita uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Mashhur Transfermarkt portali Yoshko Gvardiolning aktual transfer narxini 70 million yevroga baholamoqda.