Live
3
O'zbek

«Real» «Liverpul» yarimhimoyachisi uchun 80 mln yevro to‘lashi mumkin

Futbol
2 oktabr, 06:20
    4
Argentinalik yarimhimoyachi Aleksis Mak Allister faoliyatini Ispaniya poytaxtida davom ettirishi mumkin.
«Real» «Liverpul» yarimhimoyachisi uchun 80 mln yevro to‘lashi mumkin
Foto: Gettyimages

Argentina milliy jamoasi va Angliyaning «Liverpul» klubi yarimhimoyachisi Aleksis Mak Allister 2026/2027-yilgi mavsum yakunlangach, klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Jurnalist o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali yozishiga ko‘ra, argentinalik yarimhimoyachi xizmatlariga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda. «Qaymoqranglilar» keyingi yil yozda futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rmoqchi. Ehtimoliy transfer narxi 80 million yevroga baholanmoqda.

«Liverpul» hozircha Aleksisga yangi shartnoma taklif qilish haqida o‘ylamayapti. Argentinalikning APL grandi bilan amaldagi bitimi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, APL yangi mavsumida Mak Allister 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.

«Liverpul» 5-turdan keyin 9 ochko bilan musobaqa jadvalining 6-pog‘onasidan o‘rin egallagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Liverpul Liverpul
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar