Bugun, 2 oktyabr kuni qit’a birinchiligining boks bellashuvlarida yana bir qancha vazn toifalarida medallar o‘z egalarini topdi.
Quvonarli jihati, boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov 60 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida ikkinchi bor Osiyo o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritdi.
Yurtdoshimiz chempionlik bahsida janubiy koreyalik Dongxvan Kang bilan ringga ko‘tarildi. Ilk daqiqalardan o‘z ustunligini namoyish qilgan Abdumalik haqli ravishda yakunda oltin medalga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq velotrekchilarimiz bronza medaliga sazovor bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi