Navbatdagi quvonchli xabar dzyudochilarimizdan bo‘ldi. Bir necha daqiqa avval dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Muzaffarbek To‘raboyev ikki karra Osiyo o‘yinlari chempionligiga erishdi.
+100 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan vakilimiz chempionlik kurashida mezbon sportchini mag‘lub etdi va oltin medalga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov ham ikki karra Osiyo o‘yinlari chempioni degan nomga sazovor bo‘lgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi