Live
1
O'zbek

To‘rabek Habibullayev — Osiyo o‘yinlari chempioni

Boks
2 oktabr, 01:52
    8
U xitoylik raqibini mag‘lub etdi.
To‘rabek Habibullayev — Osiyo o‘yinlari chempioni
Фото: Спорт вазирлиги

Aichi-Nagoya shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bahslarida final janglari boshlandi.

- 90 kg dagi charm qo‘lqop ustasi To‘rabek Habibullayev oltin medal uchun xitoylik Xan Syuechjenga qarshi ringga ko‘tarildi.

Habibullayev 2-raundda raqibini nokdaun holatiga solib qo‘ydi. Yakunda u raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi!

Shu tariqa, Habibullayev Osiyo o‘yinlaridagi 17-oltin medalni olib keldi.

Avvalroq o‘zbekistonlik yengil atletikachi Barnoxon Sayfullayeva Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar