Live
1
O'zbek

Aichi-Nagoya-2026: Humoyun Sultonov Osiyo o‘yinlarida bronza medal sohibi bo‘ldi

Boshqalar
2 oktabr, 01:40
    4
U yarim finalda mag‘lub bo‘ldi.
Aichi-Nagoya-2026: Humoyun Sultonov Osiyo o‘yinlarida bronza medal sohibi bo‘ldi
Фото: Olympic.uz

O‘zbekiston tennis jamoasi vakili Humoyun Sultonov Aichi–Nagoya-2026 XX Osiyo o‘yinlarida erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarini bronza medal bilan yakunladi.

Yarim finalda Humoyun Sultonov Gonkong vakili Coleman Wongga qarshi kortga chiqdi. Final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda u raqibiga imkoniyatni boy berdi va shu tariqa Aichi–Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlaridagi yurishini bronza medal bilan yakunladi.

U avvalgi Hangzhou-2022 Osiyo o‘yinlarida ham yakkalik bahslarida bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar