Bugun
26
O'zbek

«MYU» Gutyerresni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Futbol
1 oktabr, 23:12
Uning bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.
«MYU» Gutyerresni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi «Bayer»ning chap qanot himoyachisi Migel Gutyerresga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Fussball xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hozircha ingliz klubi ispaniyalik 25 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borayotgani yo‘q.

O‘z navbatida, Leverkuzen klubi ham Gutyerresni sotishga intilmayapti. Biroq Migel uchun 50–60 million yevro miqdoridagi taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

Bu mavsumda «Bayer» safida Gutyerres barcha turnirlarda 5 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani qayd etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Avvalroq «Manchester Yunayted» «Barselona»ning chap qanot himoyachisi Aleksandro Baldeni qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Bayer Bayer
Bugungi yangiliklar