Argentinalik afsonaviy futbolchi Lionel Messi Ispaniyaning ikkinchi divizioni — Segundada ishtirok etadigan «Eldense» klubining yangi egasiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman xabar berdi.
«Lionel Messi tomonidan klubning sotib olinishi «Eldense»ning bir asrdan ortiq tarixida yangi va hayajonli bosqichni boshlab beradi», — deyiladi bayonotda.
Klub ta’kidlashicha, futbol tarixidagi eng mashhur shaxslardan birining «Eldense» egasiga aylanishi uzoq muddatli loyihaning boshlanishi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi jamoani sport, tashkiliy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirishdan iborat.
1921-yilda tashkil etilgan jamoa professional futbolda o‘z o‘rnini mustahkamlash va yuqori natijalarga erishishni maqsad qilgan. Shu bilan birga, klub o‘z tarixi, qadriyatlari va ko‘k-qizil an’analarini saqlab qolishini bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, «Eldense» Segunda turnirida o‘tkazilgan 7 turdan keyin 5 ochko jamg‘argan. Jamoa ayni paytda turnir jadvalining 19-o‘rnini egallab turibdi.
Avvalroq Messi shu yil oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkinligi ma’lum qilingandi.