Argentina bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Lionel Messidan keyin milliy jamoaning yangi sardori kim bo‘lishini ma’lum qildi.
Avvalroq Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan edi.
«Kuti (Kristian Romero) sardor bo‘ladi. Emiliano Martines ikkinchi sardor, Lautaro Martines esa uchinchi sardor bo‘ladi», — deya Skaloni so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline nashri.
Ma’lumot uchun, Messi Argentina milliy jamoasi tarkibida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Janubiy Amerika vakillari 2022-yilda dunyodagi eng nufuzli xalqaro musobaqada g‘olib chiqishgan.
Bu yil yozida argentinaliklar 2026-yilgi jahon chempionati finaligacha yetib borib, hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga mag‘lub bo‘lishgan.