«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich «Oltin toʻp» uchun asosiy daʼvogarlardan iborat uchlikni aytdi.
«Bu uchlikka ikki nafar ispaniyalik futbolchini kiritardim. Garchi men Oliseni boshqalardan ustun koʻrsam ham, vaziyatga real baho berishni istayman. Unda oʻziga xos nimadir bor, ammo u jahon chempionatini ideal oʻtkazmadi. Bu uchlikka Yamal va Rodrini kiritgan boʻlardim», — deya Rakitichning soʻzlaridan keltiradi Mundo Deportivo nashri.
Maʼlumot uchun, 8-sentabr kuni France Football jurnali 2026-yilgi «Oltin toʻp» mukofoti uchun nomzodlar roʻyxatini eʼlon qildi.
2026-yilgi «Oltin toʻp»ni topshirish marosimi 26-oktabr kuni London shahrida oʻtkaziladi. Bu marosim «Oltin toʻp» tarixidagi 70-yubiley tadbiri boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, gʻolib FIFA reytingidagi kuchli 100 talikka kiruvchi mamlakatlardan 100 nafar jurnalist ishtirokidagi ovoz berish natijasiga koʻra aniqlanadi.