Live
1
O'zbek

Osiyo o‘yinlari. Janubiy Koreya Xitoyni yengib, ilk finalchiga aylandi

Futbol
30 sentabr, 05:58
    12
Endi koreyaliklarning finaldagi raqibi O‘zbekiston – Yaponiya o‘rtasidagi bahsda aniqlanadi.
Osiyo o‘yinlari. Janubiy Koreya Xitoyni yengib, ilk finalchiga aylandi
Фото: Getty Images

Osiyo o‘yinlari futbol turnirida erkaklar o‘rtasidagi bahslarda birinchi finalchi nomi ma’lum bo‘ldi.

Yarim finalning ilk bahsida Janubiy Koreya Xitoyga qarshi bellashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Xitoy birinchi bo‘lib hisobni ochdi. 33-daqiqada esa Janubiy Koreya vakili Li Yong Jun bosh bilan zarba berib, hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda koreyaliklar baribir gol urishdi. 82-daqiqada Bae Jun Ho final yo‘llanmasini taqdim etgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Janubiy Koreya Osiyo o‘yinlari tarixida ketma-ket to‘rtinchi bor futbol finaliga chiqdi. Endi koreyaliklarning finaldagi raqibi O‘zbekiston – Yaponiya o‘rtasidagi bahsda aniqlanadi.

Osiyo o‘yinlari. Yarim final
Janubiy Koreya – Xitoy 2:1
Gollar:
Li Yong Jun 33, Bae Jun Ho 82 – Van Yu Vey 23.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar