Live
1
O'zbek

Karrager: «Siti»ning ortidagi ulkan moliyaviy kuch sabab APL ularni sudda yengishiga ishonmagandim»

Futbol
30 sentabr, 05:43
Mustaqil komissiya «shaharliklar»ni 115 ta ayblovning 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topdi
Karrager: «Siti»ning ortidagi ulkan moliyaviy kuch sabab APL ularni sudda yengishiga ishonmagandim»
Фото: Getty Images

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «Manchester Siti»ga qo‘yilgan moliyaviy qoidabuzarlik ayblovlari haqida fikr bildirdi.

Mustaqil komissiya «shaharliklar»ni 115 ta ayblovning 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topdi. Klub esa hamon barcha ayblovlarni rad etib kelmoqda.

«Men shokdaman, ammo shu bilan birga hayron ham emasman. Ular aybdor ekanini doim bilardim. Buning ikkita oddiy sababi bor. Birinchidan, «Manchester Siti»ning tijoriy daromadlar bo‘yicha «Liverpul», «Manchester Yunayted» yoki «Real» darajasiga chiqishi imkonsiz edi. Ular yillar davomida shuncha miqdorda daromad olayotganini ta’kidlab kelishdi. Ammo klub qanday muvaffaqiyatlarga erishmasin, buning iloji yo‘q.

Ikkinchidan, ular kecha ham, shu vaqt mobaynida ham «hech qanday yomon ish qilmadik» va qo‘llarida «aybsizliklarini isbotlovchi rad etib bo‘lmaydigan dalillar» borligini aytib kelishdi. Hamma yaxshi biladi: agar politsiya senga ayblov qo‘ysa, senda esa aybsizligingni isbotlovchi rad etib bo‘lmaydigan dalillar bo‘lsa, masala bir kun yoki bir hafta ichida hal bo‘ladi. Bu yerda esa jarayon yillar davom etdi.

Ishning qoidabuzarliklar yo‘qligi haqidagi bayonotlarga qaramay, shunchalik uzoqqa cho‘zilganining o‘zi ko‘p narsadan dalolat beradi. Men hayratdaman, chunki «Manchester Siti» ortida turgan ulkan kuch va moliyaviy resurslarni hisobga olgan holda, Premyer-liga sudda ularni yengishiga hech qachon ishonmaganman.

Premyer-liga erishgan natija uchun unga tan berish kerak. G‘alaba ishonchli ko‘rinishi uchun liga shunchaki ishni yutishi emas, balki aynan shunday natijaga erishishi — ayblovlarning 115 tasidan 114 tasi bo‘yicha g‘alaba qozonishi kerak edi», — dedi Karrager Sky Sports efirida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester City Academy Manchester City Academy
Bugungi yangiliklar