Bugun
22
O'zbek

Osiyo o'yinlari. Feruza Kazakova bronza medalini qo‘lga kiritdi

Boks
30 sentabr, 00:45
    2
O‘zbekistonlik bokschi -51 kg vazn toifasida Osiyo o‘yinlari sovrindoriga aylandi.
Osiyo o'yinlari. Feruza Kazakova bronza medalini qo‘lga kiritdi
Foto: Getty Images

Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Feruza Kazakova Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

-51 kg vazn toifasida ishtirok etgan Kazakova chorakfinal bahsida shimoliy koreyalik An Kum Byolni 5:0 hisobida mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘l olgandi.

Yarimfinalda bokschimiz amaldagi Olimpiada chempioni, xitoylik Yu Vuga qarshi ringga ko‘tarildi. Murosasiz kechgan bahs yakunida Kazakova raqibiga imkoniyatni boy berdi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Shu tariqa Feruza Kazakova O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi medalni qo‘shdi.

Eslatib o‘tamiz, Kazakova yarimfinalgacha bo‘lgan bahslarda ishonchli ishtirok etib, Osiyo o‘yinlarining sovrindorlaridan biriga aylandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar