Bugun
22
O'zbek

Osiyo o'yinlar. Sitora Turdibekova bronza medalini qo‘lga kiritdi

Boks
30 sentabr, 00:15
    8
O‘zbekistonlik bokschi yarimfinal bahsida Lin Yu Tingga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Osiyo o'yinlar. Sitora Turdibekova bronza medalini qo‘lga kiritdi
Foto: Olypmicuz

Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Sitora Turdibekova Osiyo o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

-60 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Turdibekova yarimfinal bosqichida xitoy-taypeyilik Lin Yu Tingga qarshi ringga ko‘tarildi. Ushbu vaznda amaldagi Olimpiada chempioni hisoblangan raqibiga qarshi bokschimiz bor imkoniyatini ishga soldi.

Biroq tajribali Lin Yu Ting bahs davomida ustunlikni o‘z tomonida saqlab, hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Sitora Turdibekova final yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Feruza Kazakova ham bronza medaliga ega chiqqandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar